Herbion Immuno Detox
Herbion Immuno Detox
Herbion Immuno Detox — biologik faol oziq-ovqat qo‘shimchasi bo‘lib, organik kislotalar, foliy kislotasi (vitamin B9) va vitamin B12 manbai hisoblanadi. Oshqozon-ichak trakti faoliyatini me’yorlashtirish, moddalar almashinuvini qo‘llab-quvvatlash, tana vaznini kamaytirishga ko‘maklashish, shlak va toksinlarni chiqarish, immun tizimini mustahkamlash, shuningdek teri, soch va tirnoqlar salomatligi hamda go‘zalligini saqlash uchun mo‘ljallangan.
Oziq-ovqatga biologik faol qo‘shimcha sifatida — vitamin B9 va vitamin B12 ning qo‘shimcha manbai sifatida tavsiya etiladi.
- Tarkibi
- Qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar
- Qarshi ko‘rsatmalar
- Saqlash sharoiti
- Chiqarilish shakli
- Yaroqlilik muddati
- Sotib olish
Glyukoza siropi, saxaroza, olma sirkasi kukuni (1 pastilkada 500 mg), glyukoza, pektin (jel hosil qiluvchi modda), natriy sitrat (kislotalilik regulyatori), limon kislotasi (kislotalilik regulyatori), tabiiy olma aromatizatori, o‘simlik yog‘i, sabzi sharbati konsentrati (bo‘yoq), foliy kislotasi (vitamin B9), anor sharbati kukuni, lavlagi sharbati kukuni, sianokobalamin (vitamin B12), karotinlar (E160a).
Kattalar uchun: ovqat vaqtida kuniga 3 mahal 1 pastilkadan.
Maksimal doza — kuniga 3 pastilka.
Qabul qilish davomiyligi — 3 oygacha.
Kunlik doza (3 pastilka)
Foliy kislotasi — 360 mkg (RSP* 180%)
Vitamin B12 — 3,6 mkg (RSP* 360%)
*RSP — tavsiya etilgan sutkalik iste’mol miqdori
Oziqaviy qiymati (1 pastilka)
Uglevodlar — 2 g
Oqsillar — 0 g
Yog‘lar — 0 g
Energiya qiymati — 8 kkal / 33 kDj
Komponentlarga individual sezuvchanlik, homiladorlik va emizish davri.
Qo‘llashdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda +25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlang.
Bolalar qo‘li yetmaydigan joyda saqlang.
4,0 g li chaynalmali pastilkalar, №60.
2 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.


