Tibbiyot vakili
Majburiyatlar:
- Kompaniyaning dori vositalari bilan tanishtirish, taqdimotlar tashkil etish
- Tibbiyot muassasalari vakillari bilan aloqa o‘rnatish va qo‘llab-quvvatlash
- Mijozlarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish
- Kompaniya tomonidan belgilangan hisobot shakllarini o‘z vaqtida taqdim etish
- Kompaniya mahsulotlariga talab yaratish va uni targ‘ib qilish
- Belgilangan tashrif va uchrashuvlar normasiga rioya qilish
- Savdo rejalarini bajarish
- CRM tizimida planshet orqali ishlash
Talablar:
- Tibbiy yoki farmatsevtika sohasi bo‘yicha ma’lumot
- Muloqot qilish qobiliyati. Muzokara va taqdimot o‘tkazish ko‘nikmalari
- O‘zbek va rus tillarini bilish
- Ish tajribasi – afzallik hisoblanadi
Sharoitlar:
- Raqobatbardosh ish haqi
- Professional o‘sish va rivojlanish imkoniyatlari
- Ish vaqti: dushanbadan jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha
- Do‘stona va professional jamoa
- Yillik mehnat ta’tili – 28 kun
- Mobil aloqa bilan ta’minlash
Agar siz bizning jamoamizga qo‘shilishga tayyor bo‘lsangiz va farmatsevtika sohasida muvaffaqiyatga erishishni istasangiz, o‘z rezyumengizni bizning elektron pochta manzilimizga yuboring: career.cis@herbion.com yoki suhbatga yozilish uchun +998 94 660 08 69 raqamiga murojaat qiling.
Sizni jamoamizda ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz!